CHIMYONDA YANGI PODSTANSIYA QURISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chimyon xalqaro umummavsumiy kurorti qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari” tо‘g‘risida qaroriga (https://lex.uz/docs/6561892) asosan Toshkent viloyati Bо‘stonliq tumanida “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurortini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ "Hududiy qurilish-montaj direksiyasi" tomonidan yangi 110/35/10 kV kuchlanishli yangi podstansiya qurish ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda podstansiya uchun ajratilgan hududda yer ishlari olib borilmoqda. Qurilishni о‘z vaqtida va mukammal tugatish maqasadida zarur texnika va xodimlar tunu kun faoliyat yuritishmoqda.