ALOQA UCHUN

PODSTANSIYANING QUVVATI OSHIRILMOQDA

PODSTANSIYANING QUVVATI OSHIRILMOQDA

Buxoro viloyati aholisi va tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik kо‘rish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyat hududlarida joylashgan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda modernizatsiya, yangilash ishlari bajarilmoqda.

Ayni paytda loyiha asosida  110/35/10 “Vobkent” podstansiyasining quvvatini oshirish uchun 2 dona 40 000 kVAli kuch transformatorlari olib kelindi. Hozirgi kunda mazkur transformatorlarni o’rnatish jarayonlari olib borilmoqda. 

Ta’kidlash joizki, umumiy qiymati 19 mlrd. so’mdan ortiq bo’lgan ushbu kuch transformatorlarining ishga tushurilishi Vobkent tumani hamda unga yondosh hududlardagi 30 000ga yaqin iste’molchilar elektr energiyasi ta’minotini  yanada yaxshilash imkonini beradi.

  • 28.06.2024
  • 930
Sayt xaritasi