Bolalar uchun yozgi ta’tilni maroqli, mazmunli tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Zero, yozgi ta’til maktab mashg‘ulotidan charchagan o‘quvchi to‘liq dam olishi, kuch to‘plashi va sog‘lig‘ini yaxshilashi mumkin bo‘lgan vaqt hisoblanadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning farzandlari Buloqboshi tumanida joylashgan “Energetik” yozgi bolalar oromgohiga kuzatildilar.
Oromgoh bir necha kunlik tayyorgarlikdan so’ng o’z ishini boshladi. Ikki hafta davomida so‘lim tabiat bag‘rida dam oladigan o‘g‘il-qizlar guruhlarga bo‘linib, yotoqxonalarga joylashtirildi va ularga kundalik tartiblar tushintirildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati