ALOQA UCHUN

TOSHKENT VILOYATIDAGI PODSTANSIYALARNING QUVVATI OSHIRILMOQDA

Toshkent viloyati aholisini sizfatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan hududlarda podstansiyalarning quvvatini oshirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, Zangiota tumanida joylashgan “Go’sht kombinati” 110/35/6 kV podstansiyasidagi mavjud quvvati 25000 kVA bo’lgan ikkita kuch transformatorining har biri quvvati 40000 kVA bo’lgan kuch transformatoriga almashtirildi.

Natijada ushbu podstansiyaning quvvati 30 000 kVA ga oshirilib, tumandagi  6 mingdan ortiq aholi xonadonlari hamda 350 ga yaqin yuridik iste’molchining elektr energiyasi ta'minoti sifati yaxshilanishiga erishildi.

Xuddi shu kabi ishlar Toshkent tumanida joylashgan “Kensoy” 110/35/10 kV podstansiyasida ham  olib borilganini qayd etish joiz. Shu orqali mazkur hududdagi 15 mingdan ortiq aholi xonadoni hamda 150 ga yaqin yuridik iste’molchining elektr energiyasi barqarorligi ta'minlandi.

Jami amalga oshirilgan ishlar natijasida 50000 kV∙soat qo'shimcha quvvat oshishiga erishildi.

Ayni kunda, Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi 110/35/6 kVli «Chorvoq» podstansiyasida mavjud 16000 kVAli kuch transformatorini 40000 kVA bo'lgan yuqori quvvatlisiga almashtirish ishlari o‘z yakuniga etkazlmoqda.

Mazkur jarayon murakkabligi hamda ma'lum vaqt olishini hisobga olgan holda, ishchi-xodimlar tomonidan belgilangan vazifalar izchillik bilan olib borilmoqda.

  • 05.06.2024
  • 671
Sayt xaritasi