Kuni kecha "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston hududiy filiali va uning tarkibiga kiruvchi tuman (shahar) korxonalar xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari to‘g‘risida” kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari O. Alimardonov, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas'ulllari qatnashgan tadbirda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar, mazkur illatni bartaraf etishning qonuniy asoslariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Yig’ilish davomida, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig’i joriy yilning o’tgan davri mobaynida tizimsa sodir bo’lgan holatlar haqida to’xtalib o’tib, korrupsiya holatlarini oldini olish, korrupsion havf-xatarlarni qisqartirish hamda hodimlar о‘rtasida korrupsiyaga qarshi murossiz kurashish, odob-axloq qoidaliriga va ichki mehnat tartibiga amal qilish yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.