ALOQA UCHUN

BEKTEMIRDA REYD TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

  Bugungi kunda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi barcha tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan joylarda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi «Mayning» ferma faoliyati bilan shug`ullanuvchi sub`yektlar hamda ulgurji iste`molchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish maqsadida, hududlarda reyd tadbirlari bo’lib o’tmoqda.

   Jumladan, Jamiyat Bosh direktori o`rinbosari A.Ashrafxanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorat bo`limi boshlig`i O.Yaxshiyev hamda Bektemir tuman elektr ta’minoti korxonasi mas`ullari tomonidan tumanning «Abay» mahalla fuqarolar yig’ini hududlaridagi iste`molchilarning elektr hisoblagichlari nazoratdan o`tkazildi. 

   Mazkur tadbir davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste`molchilarga nisbatan mutaxassislar tomonidan aniqlangan qoidabuzarlik holatlari yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, qat’iy choralar ko‘rilishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

 Hurmatli elektr energiyasi iste`molchilari, elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang!


 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ 

  • 30.05.2024
  • 707
Sayt xaritasi