“HAMDO’STLIK” MAHALLASIGA YANGI TRANSFORMATOR PUNKTLARI O’RNATILDI
Andijon shahrida joylashgan bir nechta mahallani elektr energiyasi sifatini yaxshilash maqsadida hozirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali xodimlari tomonidan manzilli dasturlar doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirda shahar markaziy mahallalaridan biri xisoblangan “Hamdo'stlik” MFY hududida 2 dona quvvati 400 kVAdan bo'lgan transformator punkti o'rnatilib, ishga tushirilmoqda.
Shuningdek, ushbu hududga yangi temir- beton tayanchlar o’rnatilib 4. 5 km uzunlikdagi 10/0.4 kV havo elektr uzatish tarmoqlari tortildi.
Ushbu rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari yakunlangach 600 dan ortiq aholi - xonadonlarining elektr ta'minoti yaxshilanishiga erishiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati