ALOQA UCHUN

“Ayollarning energetika sohasidagi o‘rni: zamonaviy tendensiyalar” mavzuida an’anaviy forum o‘z ishini boshladi

“Ayollarning energetika sohasidagi o‘rni: zamonaviy tendensiyalar” mavzuida an’anaviy forum o‘z ishini boshladi

Bugun 17 may kuni “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Osiyo tarraqiyot banki hamkorligida “Ayollarning energetika sohasidagi o‘rni: zamonaviy tendensiyalar” mavzuida an’anaviy forum o‘z ishini boshladi.


Tadbirda Osiyo tarraqiyot banki, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar Qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi vakillari, shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ijro apparati xodimalari va filliallardagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti raislari/gender masalalari bo‘yicha Maslahat kengashi raisi o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.


O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni tasdiqangan bo‘lib, mazkur qonunning 13-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyasiga ko‘ra, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibiy korxonalarida Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari tuzildi. Uning asosiy vazifalari etib huquq va erkinlikning barcha jabhasida xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida tenglik imkoniyatlarini yaratish, xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash ishlarini nazorat qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish masalalari belgilangan.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda bugungi kunda Jamiyat va uning tarkibidagi 15 ta hududiy filial hamda 2 ta hududiy korxonalarida jami 26 157 xodim faoliyat yuritmoqda. Shulardan 2 650 nafarini ayollar tashkil qiladi.
2023 yil davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning tarkibiy korxonalaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari tomonidan gender muvozanatni ta’minlash, tizim ayollarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamoada hamjihatlik muhitini shakllantirish, yetakchi ayollar safini kengaytirish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirildi. Shular bilan birga, Jamiyat kasaba uyushmasi hamkorligida ijtimoiy himoya, sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarga ham alohida e’tibor qaratildi.


Shu bilan qatorda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” mavzuidagi o‘quv seminarlar, “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” loyihasi doirasida adliya boshqarmalari vakillari xamkorligida uchrashuvlar tashkil etildi. Bundan tashqari, jamoada xotin-qizlarning jismoniy foalligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlash maqsadida ayol ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning voleybol, shashka, shaxmat, stol-tennisi kabi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.


Xotin-qizlar salomatligini asrash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, milliy genofondni yaxshilash maqsadida, tarkibiy korxonalar ayol xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.


Bundan tashqari, Qo‘mitaning respublika bo‘yicha “Xon atlas” festivalini o‘tkazish bo‘yicha tashabbusi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xotin-qizlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ushbu tadbir ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olindi.


Shuningdek, ayol xodimlarning ishdan bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida dam olish maskanlari, yurtimizning qadimiy shaharlari va ziyoratgohlariga sayohatlar tashkil etildi.

Bunday sayohatlarda bir dasturxon atrofida hamma bir jamoa bo‘lib, ahil-inoq dam olib kelishi jamiyat xodimlari o‘rtasida sog‘lom muhitning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi, albatta.


Jamiyatda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham samarali ishlar tashkil etilgan. Rahbariyat tavsiyasiga ko‘ra, jami 100 ga yaqin xodim, shulardan 40 nafari ayollar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindilar.

  • 17.05.2024
  • 1030
Sayt xaritasi