Navoiy viloyatidagi mahallalarning elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida Dasturlar doirasida filialning elektr tarmoqlarini qurish va rivojlantirish xizmati xodimlari tomonidan hududlarda havo elektr tarmog'larini qurish, yangi transformator punktlarini o’rnatish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Karmana tumanining Paxtaobod mahallasining hududida yangidan o'rnatilgan 1 dona 160 kVA bo'lgan transformator punktining montaj ishlari tugatilib, eski yog’och ustunlar o’rniga tiklangan 125 dona temir-beton tayanchlarga 5,2 km uzunlikda 0,4-10 kVli elektr uzatish tarmog'ini tortish ishlari yakuniy bosqichda.
Ushbu amaliy ishlar yakunida mahallalardagi 300 ga yaqin xonadon aholisining elektr energiyasi ta'minoti yanada yaxshilanadi.
Bundan tashqari, Navbahor tumani Аrabsaroy mahallasida qoʼshimcha 250 kVА boʼlgan yangi transformator punktini oʼrnatish ishlari rejalashtirilgan bo'lib, shu kunga qadar hududga 163 dona temir-beton tayanch tiklandi.
Hozirda umumiy hisobda 6.7 km masofaga past kuchlanishli zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari olib borilmoqda.
Viloyatdagi barcha tuman, shaharlarda ham dastur doirasida qurilish ishlari olib borilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati.