ALOQA UCHUN

"YANGI O'RTABOG'" MAHALLASINING ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA

Xorazm viloyatidagi mahallalarning elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, reja asosida Urganch tumani "Yangi o'rtabog'" mahallasida 130 metr 10 kVli havo elektr uzatish tarmog'i va 3,1 km uzunlikda SIP rusmdagi kabel tarmog'i hamda 1 dona yangidan 250 kVA transformator punkti qurish rejalashtirilgan.

Elektr tarmoqlarini qurish va rivojlantirish xizmati xodimlari tomonidan mahalla hududiga yangidan temir beton ustunlarini o'rnatish ishlari olib borilmoqda.

Elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash borasidagi ishlar barcha shahar va tumanlarda olib borilmoqda. 

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.

 

  • 10.07.2023
  • 700
Sayt xaritasi