ALOQA UCHUN

MAHALLANING ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANDI

Qo’qon shahrining “A.Zohiriy” mahallasida joylashgan iste’molchilarning sonini ortishi hamda yildan-yilga elektr energiyasiga bo’lgan talabning ko’tarilishi hududdagi 312, 290- hamda 214-sonli transformator punktlarini o’ta zo’riqish bilan ishlashi sabab bo’layotgan edi.

Bu o’z navbatida elektr energiyasiga talabning ortgan vaqtida kuchlanish pasayishiga hamda transformator punktlarini favqulodda avariyali uzilishiga olib kelayotgandi.

Bugun esa barcha muammolar o’z yechimini topdi. Hududga jami 200 dan ortiq yangi temir-beton tayanchlari olib kelib o’rnatildi.

3 km ortiq masofaga 0,4-6 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi. Quvvati 400 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatildi.

Bu bilan mahalladagi jami 500 dan ortiq iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilandi.

Ma’lumot o’rnida, mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq amalga oshirildi.

“Farg’ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 06.07.2023
  • 894
Sayt xaritasi