ALOQA UCHUN

POYTAXTIMIZDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH VA MODERNIZATSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta'minoti tomonidan Davlat dasturlari asosida Toshkent shahar aholisini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, keng ko‘lamli ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. 

Xususan, Mirzo Ulug'bek tuman elektr ta'minoti ishchi-xodimlari tomonidan «Amir Temur» MFY hududidagi istemolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, 110/35/10 kVli «Qorasuv» podstansiyasidan chiquvchi Fider Muxtor  hamda Rishton-2 uzatmalaridan ta'minlanuvchi uzunligi 4 km bo'lgan quvvati 10 kVli yuqori kuchlanishli yer ostidan o'tgan kabel tarmoqlari  yangisiga almashtirildi. Buning natijasida, hududdagi 3000 dan ortiq iste'molchilarning elektr ta'minoti yaxshilanishiga erishiladi.

Shu bilan birga, joylarda namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan mavzelar, ko‘p qavatli turar joy binolari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa ob’yektlarga elektr uzatish kabel tarmoqlari tortish borasida muayyan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ayni vaqtda, Yunusobod tumanining "Katta Hasanboy" mahallasidagi yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari to'liq yakunlandi.

Yashnobod tuman elektr taminoti tomonidan «Arg'in» MFYning Eski Arg'in kochalari hududidagi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻi toʻliq mukammal taʼmirdan chiqarildi. Hozirda ushbu hududga 500 metrdan ortiqroq yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmogʻi tortilib, ushbu yangi tortilgan havo tarmogʻiga aholini ulash (montaj) ishlari olib borilmoqda. Natijada, 500 nafarga yaqin iste`molchilarning elektr energiyasi taʼminoti yaxshilanishiga erishiladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

  • 04.07.2023
  • 975
Sayt xaritasi