Bu yilgi sovuq joriy qish mavsumiga yanada puxta tayyorgarlik ko'rish, kommunal tizimida tabiiy gaz, elektr energiya va issiqlik tizimida ishlar tizimini jadallashtirish lozimligini ko'rsatdi.
Shu ma'noda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi tumanlar elektr ta`minoti tomonidan ham birinchi navbatda aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash choralari ko'rilmoqda. Aholi xonadonlari va ishlab chiqarish korxonalarida elektr ta’minotini yaxshilash, tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida samarali ishlar amalga oshirilib, joylarda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda va yangi qurilmalar o‘rnatilmoqda.
Xususan, Chilonzor tuman elektr ta'minoti tomonidan tumanning «3-Katta Chilonzor» MFY hududidagi mavjud 1449-sonli transformator punkti yangisiga almashtirildi.
Shuningdek, 400 kVAli transformator quvvati 630 kVA bo'lgan yuqori kuchlanishli yangi transformatorga almashtirildi. Ushbu ishlar yakunida, hududdagi 350 dan ortiq iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanishiga erishiladi.
Yunusobod tuman elektr ta`minoti tomonidan ham hududdagi 64 ta mahallaning havo elektr uzatish kabel tarmoqlari, transformatorlar punktlari, yer osti kabel tarmoqlarida rekonstruksiya va modernizasiya ishlari olib borilmoqda.
Xususan, tuman hududida joriy yil boshidan buyon 12 dona ortiqcha yuklama bilan ishlab kelayotgan 400 kVAli transformatorlar 630 kVA bo`lgan yuqori kuchlanishli tarnsformarorlarga almashtirildi. Bundan tashqari, uzunligi 79 km bo`lgan yangi 6 kVli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlari ham tortildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.