“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari tomonidan hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.
Ayni vaqtda viloyatning Izboskan tumanida joylashgan “Yangi Chuvama” 35/10 kVli podstansiyasidagi T-1 4000 kVA kuch transformatori quvvati 10000 kVA bo’lgan kuch transformator punktiga almashtirildi.
Buning natijasida 6000 kVA qo’shimcha quvvatga erishildi.
Endilikda tumanning Ko’gay, Uzunko’cha, Gurkirov, Toshkechik, Аnorzor, Qumko’cha, Beshterak, Eski qishloq MFY hududlarining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.