ALOQA UCHUN

ENERGETIKA TIZIMIDA KORRUPSIYANI OLDINI OLISH VA JAMIYATDA SOG’LOM MUHITNI SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialida, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, xodimlarni ish faoliyati davomida ahloq-odob qoidlariga to’liq rioya etish tartiblari hamda iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish borasida hududlarda olib borilayotgan ishlarga bag’ishlangan tanqidiy-tahliliy ruhdagi profilaktik suhbat bo’lib o’tdi.

 

Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining o’rinbosari O. Alimardonov boshchiligida Andijon viloyat prokuraturasi xodimi A. Ergashov, Davlat havfsizlik xizmati Andijon viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi I. Ne’matov, Yuridik boshqarma boshlig’i J. Namozov, Filial rahbariyati  hamda tegishli bo’lim va xizmatlar, tuman va shahar elektr ta’minoti boshliqlari, bosh muhandislari ishtirok etdilar. 

Tadbirda asosan Andijon hududiy filiali hamda uning tarkibidagi korxonalarda mavjud muammolar, ish faoliyati davomida korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik va bu borada nazoratni kuchaytirish, shuningdek, tizimda kadrlar tarkibini shakllantirishda tanlov jarayonlarini takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, meritokratiya tamoyillariga asoslangan holda munosib va qobiliyatli shaxslarni ishga qabul qilish to’g’risidagi masalalar muhokama etildi. 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 23.06.2023
  • 811
Sayt xaritasi