Barchamizga ma'lumki, elektr energiyasi ta'minoti tizimi murakkab texnik-muhandislik amaliyoti bo‘lib, u ishlab chiqarish, elektr tarmoqlari hamda podstansiyalari orqali yetkazib berish va iste'molchilarga taqsimlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Ana shunday murakkab ish jarayonda birinchi o’rinda xodimlarning ish jarayoni oldidan xushyorlikni oshirish, koʼngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida ekspluatatsiya ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi talablariga hamda mehnat intizomiga rioya qilgan holda ishni tashkil qilish talab etiladi.
Sodir boʼlayotgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati hodimlari tomonidan har bir tuman, shahar elektr taʼminoti xizmat va bo'limlarda joriy yilda sodir boʼlgan baxtsiz hodisalarni sabablari qayta ishlab chiqilib, shu asosida oʼquv-seminarlari oʼtkazilmoqda. Har bir xodim oʼz vazifalarini puxta bajarishi, ishda shoshma-shosharlikkka yoʼl qoʼymasliklari yuzasidan koʼrsatmalar berib kelinmoqda.
Energetika sohasida, xususan elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarga xizmat ko‘rsatish chog‘ida turli baxtsiz hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun xavfsizlik qoidalarini yaxshi o‘zlashtirish va unga amal qilish muhim ahamiyatga egadir.
"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati.