ALOQA UCHUN

XALQOBODDA HAM ELEKTR UZATISH TARMOQLARI YANGILANADI

Yaqinda, Payariq tumanidagi "Yoshlik" istirohat bog‘ida aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvlarda tumandagi Xalqobod mahallasi fuqarolari ham elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash yuzasidan murojaat qilishgandi.

Ushbu murojaatlarga asosan Xalqobod mahallasida bunyodkorlik ishlarini olib borish, hududdagi infratuzilmani yaxshilash hamda og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, mahalla hududida birgina elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 4 ta transformator punkti hamda 496 dona temir-beton ustunlari o‘rnatilishi hamda 19,8 km uzunlikda SIP kabellari tortish ishlari olib borilishi belgilandi.

Ayni kunda hududga temir-beton ustunlari olib kelinib, qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlab yuborildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 21.06.2023
  • 722
Sayt xaritasi