Andijon shahrining mahallalarini elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali Andijon shahar elektr ta’minoti Eski shahar bo’limi ishchi-xodimlari tomonidan bir necha kundan buyon hududlarda qurilish, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, “13” sonli Markaziy taqsimlash shahobchasining yukini kamaytirish maqsadida 40 dona temir-beton tayanchlar o’rnatilib, PS Uyg’urdan yangi 6 kVli kabel tarmog’i olib chiqilmoqda.
Ushbu ishlar yukinida “Ma’orif”, “Yangi turmush”, “Guliston” mahallalarida yashovchi aholi xonadonlarining elektr energiyasi sifati yaxshilanadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.