ALOQA UCHUN

“MARKAZIY” PODSTANSIYASIDAGI TRANSFORMATOR TA’MIRLANDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ  Samarqand hududiy filiali xodimlari tomonidan hududlardagi elektr uzatish tarmoqlarida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, Samarqand shahrida joylashgan “Markaziy” podstansiyasidagi T-2 transformatorda mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi. 

Ta’mirlash jarayonida transformatordagi nosoz holga kelgan uskunalarni almashtirish, moy sathini me’yor holatga keltirish va ta’mirlash ishlari bajarildi. Soha mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan bu kabi amaliy ishlar iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 19.06.2023
  • 952
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Sayt xaritasi