ALOQA UCHUN

ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI JADDALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

Bugungi kunda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan poyaxt iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash borasida keng ko‘lamli amaliy ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish, o‘ta kuchlanish bilan ishlayotgan transformator punktlariga qo‘shimcha yangi zamonaviy transformator punktlarini o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.

Xususan, Mirzo Ulug'bek tuman elektr ta'minoti tomonidan «Chimyon» MFY hududidagi RU-0,4 kVli 2749-sonli transformator punktidagi mavjud 400 kVAli eski transformator yangi quvvati 630 kVA bo'lgan yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirildi. Bu bilan, hududdagi 600 dan ortiq iste’molchining elektr ta’minoti yaxshilanishiga erishiladi.

Yakkasaroy tuman elektr ta’minoti tomonidan «A.Qahhor», «Damariq» va «Bobur» mahallalariga qo‘shimcha transformator punkti, shuningdek, uzunligi 1,3 km bo`lgan yuqori kuchlanishli yer osti kabel tarmogi yotqizilmoqda. Bu bilan, ushbu mahallalarning aholi yashash xonadonlaridagi 400 dan ortiq iste’molchining elektr energiyasi yaxshilanishiga erishiladi.

Yashnobod tuman elektr ta`minoti tomonidan tumanning «Arg`in» MFYning Eski Arg`in ko`chalari hududidagi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻi toʻliq mukammal taʼmirdan chiqarildi. Hozirda ushbu hududga 500 metrdan ortiqroq yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmogʻi tortilib, ushbu yangi tortilgan havo tarmogʻiga aholini ulash (montaj) ishlari olib borilmoqda.  


«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

  • 15.06.2023
  • 953
Sayt xaritasi