ALOQA UCHUN

"HUMO" MAHALLASIDA YANGI TAYANCHLAR O‘RNATILMOQDA

Qiziltepa tuman elektr ta’minoti tomonidan tumanning "Humo" mahallasi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mazkur hududga 2 dona quvvati 100 kVAli transformator punkti, 4 km dan ortiqroq yangi 10/0,4 kV bo`lgan elektr uzatish havo tarmog‘ini tortish ishlari rejalashtirilgan bo’lib, hozirda eski sim yog‘och ustunlar o’rniga yangi temir-beton tayanchlar tiklash ishlari bajarilmoqda.

Olib borilayotgan bunday amaliy ishlarning yakunida 200 dan ortiq mahalliy isteʼmolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan.

"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 14.06.2023
  • 781
Sayt xaritasi