ALOQA UCHUN

POYTAXT TUMANLARIDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH VA MODERNIZATSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan tashqarida jazirama ob-havo kuzatilishiga qaramay, tadbirkorlik sub’yektlari, ijtimoiy soha ob’yektlari hamda aholi xonadonlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Xususan, joylarda mavjud transformator punktlarini bosqichma-bosqich ta’mirlash, yangilarini o‘rnatish, shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarini tortish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Chilonzor tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan tumanning "Tirsakobod" MFY hududidagi RU-0,4 kVli 6042-sonli transformator punktidagi mavjud 400 kVAli eski transformator yangi quvvati 630 kVA bo'lgan yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirildi. 

Yashnobod tuman elektr ta`minoti tomonidan tumanning «Arg`in» MFYning Eski Arg`in ko`chalari hududidagi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻi toʻliq mukammal taʼmirdan chiqarildi. Hozirda ushbu hududga 500 metrdan ortiqroq yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmogʻi tortilib, ushbu yangi tortilgan havo tarmogʻiga aholini ulash (montaj) ishlari olib borilmoqda.  

Mirzo Ulug`bek tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan «Iqtidor» mahalla fuqarolar yig‘inidagi quvvati 630 kVa bo‘lgan yangi transformator punktini o‘rnatish va undan chiquvchi elektr uzatish havo tarmog‘inining yakuniy montaj ishlari bajarilmoqda. Mazkur ishlar natijasida hududdagi 400 dan ziyod aholi xonadonida elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi.

Bu bilan, ushbu mahalladagi aholi yashash xonadonlaridagi 400 nafarga yaqin iste’molchining elektr ta`minoti uzluksizligi yanada ortadi.

Olmazor tuman elektr ta’minoti ishchi-xodimlari tomonidan tumanning «Tabassum» mahallasida elektr ta'minotini yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, yangi transformator òrnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

 

  • 13.06.2023
  • 909
Sayt xaritasi