ALOQA UCHUN

ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida  hududlarda 10 kVli havo elektr tarmog'larini mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Yangiariq tuman elektr ta'minoti xodimlari tomonidan "Katta bog'" podstansiyasidan chiquvchi Yangiariq 10 kVli havo elektr tarmog'idagi eski sim yog'och ustunlar o'rniga yangidan temir-beton tayanchlar o'rnatilmoqda.

Mukammal ta'mirlash ishlar natijasida tumandagi Yangiariq, Urganch, Ogahiy, Yangiobod mahallalarining elektr ta'minoti yanada yaxshilanadi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 12.06.2023
  • 967
Sayt xaritasi