Xorazm viloyati aholisi va ijtimoiy soha ob'yektlarining elektr ta’minotini yanada yaxshilash, yo'z va kuz-qish mavsumida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida podstansiyalarda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali xodimlari tomonidan Urganch shahrida joylashgan "Sharqiy" 110/6 kVli podstansiyada elektr qurilmalar ko’rikdan o’tkazilib, yaroqsiz holga kelganlari yangisiga almashtirilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.