ALOQA UCHUN

YAKKASAROY VA BEKTEMIR TUMANLARIDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan joylarda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga asosan Yakkasaroy TET ishchi-xodimlari tomonidan tumanning “Iqbol” hamda “Belariq” mahalla fuqarolar yig’inining J.Shoshiy, A.Avloniy hamda M.Tursunov ko'chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, dastur doirasida hududlardagi 0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmolaridagi eski alyumin simlar olib tashlanib, o'rniga yangi SIP rusumidagi kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.

Bektemir tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning «Ustozlar» mahallasiga qo‘shimcha transformator punkti, shuningdek, jami uzuznligi 1,3 km bo`lgan yuqori kuchlanishli yer osti kabel tarmogi yotqizilmoqda.

Bu bilan, ushbu mahallaning aholi yashash xonadonlaridagi 400 dan ortiq iste’molchining elektr energiyasi yaxshilanishiga erishiladi.

Ayni vaqtda, poytaxtimizning boshqa hududlarida ham shu kabi rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

  • 01.06.2023
  • 999
Sayt xaritasi