ALOQA UCHUN

BEKTEMIR, YUNUSOBOD HAMDA UCHTEPA TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILADI

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berishicha, bugun poytaxtimizning Bektemir hamda Uchtepa tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub'ektlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 18:00 ga qadar vaqtinchalik oʻchirildi.

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish, hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

UCHTEPA tumanining: «Katta qani» MFYning Qatta qani, Katta qani 1-tor, Katta qani 2-tor, Katta qani 3-tor, Katta qani 4-tor, Katta qani 5-tor va Katta qani 6-tor ko`chalari, N.Saidov, O.Zoitov, Qurilish, Qo`shilish hamda Shodlik ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

YUNUSOBOD tumanining: 13-mavze 54-64-sonli hamda 68-sonli ko`p qavatli aholi yashash xonadonlarida;

BEKTEMIR tumanining: «Iyk ota» MFYning Fazilat, Muborak hamda Zabardast ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchirildi.

Iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni oldini olish va tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan belgilangan davlat dasturi asosida hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Shu sababli ushbu xududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

 

  • 31.05.2023
  • 963
Sayt xaritasi