ALOQA UCHUN

OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK – KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING ASOSI

Kuni kecha “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning katta majlislar zalida Viloyat prokuraturasi Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i K. Alixodjayev hamda bo‘lim prokurori U. Fayziyev ishtirokida tizimda koppupsiyaga yo'l qo'ymaslik va boshqa masalalarga bag'ishlangan yigilish bo'lib o'tdi. Jamiyat rahbariyati, bo‘lim xizmatlar rahbarlari, shahar, tuman elektr ta’minoti korxonasi boshliqlari hamda boshliq o‘rinbosarlari ishtirokida viloyatimizning elektr ta’minoti bo‘yicha barcha masalalar tahliliy hamda tanqidiy muhokama etildi.

Bunda asosan, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarni joriy hamda mukammal ta’mirlashda, past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilishda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari bajarilishi tushuntirib o‘tildi.

Bundan tashqari, fuqarolardan elektr ta’minotiga oid kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ijobiy hal etish va murojaatlarni doimiy va qat’iy nazoratga olish kerakligi va o‘z o‘rnida har bir rahbar, har bir xodim korxonada xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro axloqiy munosabatlari, ishchanlik obro‘si va xizmatning nufuziga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlarga korrupsion harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan ogohlantirildi.

Yig‘ilish yakunida kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha rejalar belgilandi.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 30.05.2023
  • 986
Sayt xaritasi