Andijon shahrida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlari, shuningdek, isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash maqsadida hududlarda bosqichma-bosqich qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Xususan, shaharning “Barkamol”, “Sog’lom avlod” mahallalarini elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash uchun ushbu mahallalarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi PS Yayilmadan chiquvchi “Yo’ldosh” elektr uzatish tarmog’ini yukini yengillatish maqsadida qo’shimcha yangi 6 kVli kabel tarmog’i o’rnatish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan tartibda davom etmoqda.
Shuningdek, PS Kimyoviydan chiquvchi “Zulfiya” va “Ta’minot” elektr uzatish tarmog’ini yukini yengillatish maqsadida qo’shimcha 6 kVli kabel tarmog’ini qurish va montaj ishlari olib borilmoqda. Buning natijasida “Sanoat”, “ Mehnat”, “Shodlik” MFY hududlarining elektr energiyasi yanada yaxshilanishiga erishiladi.
Bundan tashqari Markaziy taqsimlash shahobchasi “2”, “13” tarmoq yukini yengilatish maqsadida PS "Andijon"dan yangi 6 kVli yer osti kabel tarmog’i olib chiqilmoqda. Ushbu MTSHlarning yukini yengillatish natijasida “Ho’tanariq”, “O’zbekiston”, “Yangi turmush”, “Namuna”, “Uyg’urobod” mahallalarida yashovchi aholi xonadoinlarining elektr energiyasi yaxshilanishi ko’zda tutilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.