ALOQA UCHUN

KORRUPSIYA – MILLAT DUSHMANI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy  filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘limi tomonidan “Korrupsiya – millat dushmani” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Filial direktori M. Shamsiddinov raislik qilgan tadbirda sohalar bо‘yicha direktor о‘rinbosarlari, xizmat, bо‘lim boshliqlari, tuman va shahar elektr ta’minoti boshliqlari ishtirok etdilar.

Tadbirda sо‘zga chiqqan Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bо‘yicha sudyasi I.Abrayev, Surxondaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar  bо‘yicha sudyasi Z.Rustamov, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyat xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi S.Qurbonovlar tomonidan bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish respublikamizda davlat siyosatining eng ustuvor yо‘nalishiga aylanib ulgurgani, korrupsiyaga qarshi kurashishda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda unga qarshi kurashish har birimizning muhim vazifamiz ekanligi ta’kidlandi.

Davra suhbati davomida yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar, mazkur illatni bartaraf etishning qonuniy asoslariga batafsil tо‘xtalib о‘tildi. 

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati. 

  • 29.05.2023
  • 753
Sayt xaritasi