ALOQA UCHUN

PASTDARG‘OM TUMANIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETTIRILMOQDA

Ayni kunlarda ham Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tuman hududida elektr tarmoqlarini yangilash ishlari jadal davom ettirilmoqda.

Xususan, korxona xodimlari tumanning Madaniy yurish mahallasidagi Pichoqchi va Burchak qishloqlaridagi aholi xonadonlariga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida 80 dona temir beton ustunlari o‘rnatish ishlarini olib borishgandi. Hozirda soha mutaxassislari mazkur o‘rnatilgan temir beton ustunlariga qo‘shimcha elektr uskunalarini o‘rnatish hamda 2,5 km. uzunlikda havo elektr uzatish tarmog‘iga AS-35 simlarini tortish ishlarini bajarishmoqda.

Tez orada mazkur belgilangan montaj ishlari yakunlanib, ushbu tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi iste’molchilarning elektr ta’minoti yanada yaxshilanishiga erishiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 26.05.2023
  • 1160
Sayt xaritasi