OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATLARI ELEKT ENERGIYA SOTISHNI AVTOMATLASHTIRISH FILALI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qо‘mitasi hamda Sanoat, qurilish va savdo masalalari qо‘mitasiga a’zo bir guruh deputatlar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning “Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish markazi” filialiga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Xalq vakillari elektr tarmoqlarini samarali boshqarishda innovatsion usullarni qо‘llash orqali elektr energiya yetishmovchiligini va tarmoqdagi uzilishlarni oldini olish bо‘yicha filial tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotga ega bо‘ldilar. Xususan, energiya ta’minoti bо‘yicha kо‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan billing tо‘lov tizimini sozlash ishlarining natijasi, tizimda elektron boshqaruvni yanada yaxshilash va iste’molchilar uchun “shaxsiy kabinet” orqali masofadan xizmat kо‘rsatish amaliyotlari bilan yaqindan tanishib, bu borada о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Shuningdek, mehmonlarga qarzdor iste’molchilarni tо‘liq avtomatik ravishda о‘chirish va sarf qilingan elektr energiyasi uchun tо‘lov amalga oshirilgandan sо‘ng tizimga qayta ulash, masofadan turib elektr hisoblagichlarni qayta dasturlash, iste’molchilar hisoblagichlaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash kabi vazifalar qanday amalga oshirilishi taqdimotlar orqali tushuntirib berildi.
Tanishuv davomida deputatlar ayni kunlarda mamlakatimizda aholi tomonidan muqobil energiya manbalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortig‘ini sotishning hisob tizimi haqida ham batafsil ma’lumotga ega bо‘ldilar.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati