ALOQA UCHUN

CHILONZORDA ELEKTR UZATISH KABEL TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Chilonzor tuman elektr ta’minoti tomonidan istemolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. 

Jumladan, mazkur tumanning «Qatortol», «Sharq» hamda «Beshqo`rg`on»  MFYlari hudududidagi ko'p qavatli aholi yashash xonadonlarini elektr taminotini yaxshilash bo'yicha yangi kabel tarmogini tortish uchun boshlangan qazish ishlari o'z yakuniga yetkazilib, endilikda uzunligi 3 kmdan ortiq bo'lgan zamonaviy kabel tarmog'i tortilmoqda.

Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi6 PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

  • 24.05.2023
  • 451
Sayt xaritasi