ALOQA UCHUN

SHOXIMARDONDA MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI BOSHLANDI

Anklav hudud hisoblanadigan Farg‘ona tumanining "Shoximardon" hamda "Yordon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 1500 ga yaqin elektr energiyasi iste'molchilari mavjud. 

Bulardan 1200 dan ortig‘ini aholi, 300 ga yaqinini tadbirkorlik subyektlari tashkil qiladi. 

Hududdagi iste'molchilar 62,0 km uzunlikdagi 0,4-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari hamda 52 dona turli quvvatdagi transformator punktlari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadi. 

"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yil boshida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan tasdiqlangan past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarini joriy va mukammal ta'mirlash rejasiga asosan, mazkur hududlarda amaliy ishlar boshlab yuborilgan. 

Jumladan, Farg‘ona tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan har ikki mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi alohida brigada tashkil etilgan bo'lib, ular tomonidan mavjud 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlarida salqi simlarni taranglash, nosoz holga kelgan tayanchlarni tiklash, yaroqsiz izolyatorlarni yangisiga almashtirish, elektr qurilmalarida esa bo‘yoqlash, moy sathini me'yor holatga keltirish va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

O‘z navbatida, bu kabi ko‘rilayotgan choralar, mavsumga tayyorgarlik ishlari kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda avariyali uzilishlarning oldini olishga, va albatta, iste'molchilani sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashga xizmat qiladi.

"Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 24.05.2023
  • 784
Sayt xaritasi