Kuni kecha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bо‘limi tomonidan “Qonun buzilishi va korrupsion holatlarni oldini olish” mavzuida yig‘ilish tashkil etildi.
Filial direktori A. Karabayev raislik qilgan tadbirda sohalar bо‘yicha direktor о‘rinbosarlari, xizmat, bо‘lim boshliqlari, tuman va shahar elektr ta’minotlari rahbarlari, bosh muhandislari, EESB boshliqlari ishtirok etdilar.
О‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, IIB TQX va JQB Iqtisodiy jinoyatlarga va Korrupsiyaga qarshi kurashish viloyat bо‘limlari mutasaddilari qatnashgan yig‘ilishda "Yoqilg‘i energetika tizimida sodir bо‘layotgan korrupsion holatlar va uni minimallashtirish" choralari, iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun mablag‘ undirishdagi qonun buzilish holatlari, shuningdek, qoidabuzarlik holatlari bо‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirilishida manfaatlar tо‘qnashuviga yо‘l qо‘ymaslik, xodimlarning faoliyati davomida korrupsion holatlarga duch kelishini oldini olish kabi masalalarga alohida tо‘xtalib о‘tildi.
Ta’kidlanganidek, bu kabi qonunbuzilishlar sodir etgan har qanday rahbar yoki xodimga nisbatan jazo muqarrar bо‘lib, bu boradagi masala tahliliy kо‘rib chiqildi va ishtirokchilarga misollar bilan tushuntirildi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" Namangan filiali matbuot xizmati.