Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 408-sonli qarori ijrosi boʼyicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tarkibidagi elektr ta’minoti xodimlari tomonidan hududlarda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari davom etmoqda.
Xususan, Jalaquduq tumanining “Haqiqat” MFY hududida ham dastur ijrosi bo’yicha rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari boshlab yuborilgan. Ayni vaqtda ushbu mahallaga jami 70 dona temir-beton tayanchlar o’rnatilib, 1,2 km uzunlikdagi yangi zamonaviy SIP kabel tarmoqlari tortilmoqda.
Shuningdek, elektr ta’minotini barqarorligini saqlash maqsadida quvvati 100 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatib, ishga tushirish ishlari rejalashtirilgan.
Hozirda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.