«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Mirzo Ulug`bek tuman elektr ta’minoti tomonidan tuman hududidagi iste`molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Jumladan, mazkur tumanning «Shahrisabz» mahallasida elektr ta'minotini yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, hududdagi 2115-, 2116-sonli hamda 2117-sonli transformator punktlari oralig'idagi yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarini uzuznligi 3 km bo'lgan 10 kVli yer osti kabel tarmoqlari bilan yangilash ishlari amalga oshirildi.
Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.