ALOQA UCHUN

XOTIN-QIZLAR BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI FAOLIYATINING I CHORAK SARHISOBI

Kuni kecha "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filialida energetika sohasida ayol xodimlarning tutgan о‘rni mavzuida tadbir о‘tkazildi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qо‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-87-son Farmonining 21-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Xorazm hududiy filiali Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan joriy yilning I choragida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, hisobot davrida tashkilot faoliyatini yanada jonlantirish borasidagi takliflar kо‘rib chiqildi.

Tadbirda, shuningdek, filial ayol xodimlarini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlar о‘rtasida sport musobaqalari о‘tkazishga qaratilgan tadbirlarni muntazam tashkil etib borish kerakligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Sarhisob tadbir doirasida filial tarkibiy korxonalari  boshlang‘ich tashkilotlari xodimlarining onlayn ishtiroki ta’minlanib, joylarda ular faoliyatini yanada takomillashtirish bо‘yicha topshiriqlar berildi.  

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 16.05.2023
  • 852
Sayt xaritasi