ALOQA UCHUN

“KO’TARMA” MAHALLASI OBOD BO’LMOQDA

Bugun Marhamat tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar har qanday kishining havasini keltiradi. Aytish joizki, qisqa vaqt ichida tumanning, ayniqsa, tuman markazining avvalgi ko‘rinishi butunlay o‘zgardi. Ko‘plab yangi savdo, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, turar-joy binolari, keng va yorug’ yo‘llar, hiyobonlar bunyod etilib, tuman qiyofasiga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlamoqda.

Ayniqsa aholini elektr energiyasi sifatini yanada yaxshilash uchun tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan tizimli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Ayni vaqtda tumanning “Ko'tarma” MFY Kichik ko'tarma ko'chasida qurilish-ta’mirlash ishlari qizg’in tus olgan bo’lib, mahallada joylashgan yog’och tayanchlar o’rniga yangi temir-beton tayanchlar o’rnatilmoqda.

Bundan tashqari ushbu ko’chada yashovchi 50 dan ortiq aholi xonadonlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida har qanday ob-havo haroratiga chidamli SIP kabel tarmoqlari tortilmoqda. Tabiiyki, ushbu hayrli ishlardan aholi ko’tarinki kayfiyatda. Hozirda qurilish ishlari davom etmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 12.05.2023
  • 935
Sayt xaritasi