ALOQA UCHUN

BELGILANGAN AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Avval xabar berilganidek, Andijon shahrining “Barkamol”, “Sog’lom avlod” mahallalari elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ shahar elektr ta’minoti ishchi xodimlari tomonidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Ayni vaqtda yuqoridagi mahallalarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi PS Yayilmadan chiquvchi “Yo’ldosh” elektr uzatish tarmog’ini yukini yengillatish maqsadida qo’shimcha yangi 6 kVli kabel tarmog’i o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

Qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan tartibda izchil davom etmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 10.05.2023
  • 894
Sayt xaritasi