Joriy yilning 4 may kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Elektr energiyasi sotishni avtomatlashtirish markazi” filiali xodimlari ishtirokida “Konfidensial ma’lumotlarni oshkor etmaslik va axborot xavfsizligi” mavzuida davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligini boshqarish tizimini sertifikatlashtirish talablariga bag‘ishlangan seminar-trening о‘tkazildi.
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK mutasaddilari hamkorligida о‘tkazilgan seminarda ta’kidlanganidek, bugun axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ehtiyoj yuqori bо‘lgan davrda axborot xavfsizligini ta’minlash, turli tahdid va hodisalarni oldini olish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Seminar davomida Axborot xavfsizligi siyosati, Internetdan foydalanganda mavjud taqiqlar, virusga qarshi himoya qilish, axborot xavfsizligi hodisalariga javob berishda xodimlarga qо‘yiladigan talablar mavzuida xodimlarga tushuntirishlar berib о‘tildi.
Shu bilan birga, seminarda davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va ularning yechimlari, axborot xavfsizligiga bо‘ladigan tahdidlar va ularga qarshi kurashish usullari bо‘yicha sо‘z yuritilib, ayni mavzuda qizg‘in munozaralar olib borildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.