"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Yakkasaroy tuman elektr ta'minoti tomonidan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, tuman elektr ta'minoti ishchi-xodimlari tomonidan "Muqimiy" MFYning Z. Validiy hamda Jambil ko'chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, dastur doirasida HL-0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻidagi eski alyumin simlar olib tashlanib, uzunligi 2,0 km bo`lgan yangi SIP rusumidagi kabel tarmoqlari tortilmoqda.
Bundan tashqari, “Yakkasaroy” mahalla fuqarolar yig’ini hududiga belgilangan dastur asosida oʼta zoʼriqish bilan ishlab kelayotgan mavjud transformator punktidagi mavjud transformator quvvati 630 kVA bo’lgan yangi transformatorga almashtirildi.
Ayni vaqtda, tuman hududida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.