Aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish yo’lida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti xodimlari tunu kun samarali mehnat qilib kelmoqdalar.
Ayni vaqtda Andijon tumanining “Do’ngqishloq” MFY hududida manzilli dasturlar doirasida ish tashkil qilingan bo’lib, tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan temir-beton tayanchlar o’rnatish hamda yangi tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.