Andijon tumanida joylashgan “Mart” mahallasi tarkibidagi ko’chalarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ- 408-sonli qarori ijrosi boʼyicha rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari tizimli davom ettirilmoqda.
Mahalla tarkibidagi Obod yo’li ko’chasiga 1 dona quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti hamda 50 dan ortiq temir-beton tayanchlar o’rnatilib, 1,2 km uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortildi.
Hozirda yangi tarmoqqa aholi xonadonlarini o’tkazish ishlari bajarilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.