Xonqa tumanining “Znaxos” mahallasida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 435-sonli qaroriga asosan amaliy ishlar olib borildi.
Ayni kunlarda dastur doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan “Znaxos” mahallasida mavjud transformator punktlari yuklamasini kamaytirish maqsadida, kuchlanishi 100 kVAlik 1 dona va 2 dona 250 kVAlik transformator punktlari o’rnatildi.
Bundan tashqari mahalla hududiga 99 dona temir-beton tayanchlari o’rnatilib, 6,5 km uzunlikda elektr tarmoqlarini qurish ishlari yakunlandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.