ALOQA UCHUN

YANGIYER SHAHRIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 435-sonli qaroriga muvofiq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan elektr tarmoqlarini yaxshilash maqsadida rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangiyer shaharidagi “Navro’zobod” va “Yangiobod” mahallalarida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 4 dona quvvati 400 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatildi. Ushbu ikki mahallaga 60 dona temir-beton tayanch o’rnatish va 2,5 km uzunlikda zamonaviy SIP havo tarmoqlari qurish ishlari olib borilmoqda.

 Joriy yilning 2-choragi yakuniga qadar “Navro’zobod” va “Yangiobod” mahallaridagi elektr tarmoqlarini yangilashga qaratilgan ishlar to’liq yakunlanishi ko’zda tutilgan.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 14.04.2023
  • 1302
Sayt xaritasi