ALOQA UCHUN

“KAMOLOT” MAHALLASINING 150 DAN ORTIQ AHOLI XONADONLARINING ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

Yurtimizning barcha go'shalarida bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda davom ettirilib, aholining turmush darajasini oshirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Jumladan, Prezidentimizning manzilli dasturlariga asosan mavjud muammolarni o'rganish va ularni o'z vaqtida bartaraf etish borasidagi sa'y-harakatlarni amalga oshirish bo'yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan viloyatimizning Asaka tumanida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, tumanning "Kamolot" mahallasida yashovchi 150 dan ziyod aholi xonadonlarining elektr ta’minotini yaxshiash maqsadida Imom Buxoriy ko'chasiga 1 dona quvvati 250 kVA bo'lgan transformator punkti o’rnatildi va ishga tushirish maqsadida 200 metr uzunlikdagi 0,6 kV havo tarmog'i tortish ishlari amalga oshirildi.

Hozirda ushbu hududga 1000 metr uzunlikdagi SIP kabel havo tarmog'i tortish ishlari bajarilmoqda. Hududlarda manzilli dasturlar doirasidagi ishlar davom etmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 13.04.2023
  • 913
Sayt xaritasi