Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining tuman elektr ta’minoti ishchi-xodimlari tomonidan iste`molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Jumladan, Yashnobod tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga asosan, «Tovkantepa» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 524-sonli transformator punktidan chiquvchi HL-0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻidagi eski alyumin simlar yangi SIP rusumidagi kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.
Bu kabi ishlar Chilonzor tuman elektr ta’minoti tomonidan olib borilmoqda. Xususan, «Mevazor» mahalla fuqarolar yig’ini hududida elektr tarmoqlarini yangilash hamda oʼta zoʼriqish bilan ishlab kelayotgan 2048-sonli transformator punktidagi 400 kVAli transformatorni 630 kVA bo’lgan yuqori kuchlanishli yangi transformatorga almashtirish ishlari bajarildi.
Ayni yomgirli ob-havoga qaramay, hududda yakuniy montaj ishlari olib borilmoqda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.