ALOQA UCHUN

PREZIDENT QARORI ASOSIDA YANGIHAYOTDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Yangihayot tuman elektr ta’minoti tomonidan aholini elektr energiya bilan barqaror ta'minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumanning «THAY-Do'stlik» hududida yangi tashkil etilayotgan ishlab chiqarish korxonalarini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida «Do'stlik» podstansiyasi qurilmoqda.  

Hozirda mazkur podstansiyaning qurilishi bo'yicha yangi kabel tarmog`ini tortish uchun boshlangan qazish ishlari o'z yakuniga yetkazilib, endilikda uzunligi 6 km bo'lgan zamonaviy kabel tarmog`i tortilmoqda. 

Bundan tashqari, "Yangi Darxon" mahallasining Navro'z ko'chasidagi past kuchlanishli kabellar o'rniga katta quvvatli 2 ta transformator punkti o'rnatilganini qayd etish joiz. Ahamiyatlisi, har ikkala transformator 2,01 km elektr uzatish tarmog'iga ega. 

Tuman elektr ta'minoti tomonidan Davlat dasturi asosida aniq belgilangan chora-tadbirlar asosida olib borilayotgan bu kabi ishlar amaliy ishlarning barchasi iste'molchilarni sifatli hamda ishonchli elektr energiyasi bilan ta'minlashga qaratilgan.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

  • 05.04.2023
  • 1563
Sayt xaritasi