Jalaquduq tumani "Qalambek" MFY Chakboy va Omonlik ko'chalarida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari qizg'in davom etmoqda.
Hozirda tuman elektr ta'minoti xodimlari tomonidan ushbu ko'chalarda 35 dona temir-beton tayanchlar o'rnatilib, 1900 metr uzunlikda yangi havo tarmog'i tortildi.
Shuningdek, ushbu hududda 1 dona quvvati 100 kVA bo'lgan transformator punkti olib kelib o'rnatish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar yakunida 80 ga yaqin aholi xonadonlari elektr ta'minoti yaxshilanishi ko’zda tutilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.