ALOQA UCHUN

XIVA TUMANINING “SHO’RKO’L” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

О‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 435-sonli “Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan viloyat boʼylab qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan,  Xiva tumanining “Sho’rko’l” mahallasida 6,7 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog’ini yangidan qurish, 81 dona temir-beton tayanchlari o’rnatish hamda mahalladagi mavjud transformator punktini yuklamasini kamaytirish maqsadida qo’shimcha 2 dona 160 kVАlik transformator yangidan o’rnatish rejalashtirilgan. 

Hozirgi kunda “Sho’rko’l” mahallasida transformator punktlari o’rnatilib, elektr tarmog’ini qurish ishlari olib borilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ  Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 04.04.2023
  • 774
Sayt xaritasi